Afg‘onistondagi vaziyat sabab chegaralardagi xavfsizlikni kuchaytirishimiz kerak – Japarov
Olam
−
24 noyabr 2022
4190Qirg‘iziston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida tashkilotga a’zo davlatlarning ichki chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni faollashtirishni taklif qilmoqda. Bu haqda kecha, 23 noyabr kuni Yerevanda KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishi chog‘ida Qirg‘iziston davlati rahbari Sadir Japarov ma’lum qildi.
“Sadir Japarov KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlari e’tiborini afg‘on omilini hisobga olgan holda ichki chegaralarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligiga qaratdi”, deyiladi xabarda.
Respublika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hozirda terrorizm KXSHT davlatlari uchun “xavfsizlikka jiddiy tahdid” tug‘dirmoqda.
“Siyosiy, iqtisodiy, axborot, harbiy uslub va vositalar keng qo‘llanilayotgan global xavfsizlik tizimida murakkab va to‘liq o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir davrda o‘zgaruvchan vaziyatga o‘z vaqtida javob berishni ta’minlash uchun hamkorlikni izchil faollashtirish zarur”, degan Japarov.
Prezidentning ta’kidlashicha, qo‘mondonlik-nazorat organlari hamda KXSHT kollektiv xavfsizlik tizimi kuchlari va vositalarining birgalikdagi mashg‘ulotlari terrorizmga qarshi kurash mavzulariga yo‘naltirilishi lozim. U respublika mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni saqlash uchun ko‘p funksiyali mintaqaviy tuzilma sifatida KXSHT salohiyatini kuchaytirishdan manfaatdor ekanligiga ishontirdi. Shu bilan birga, u Bishkek kollektiv xavfsizlik tizimini mustahkamlash, shuningdek, tashqaridan salbiy ta’sir ko‘rsatishga urinishlarga o‘z vaqtida va samarali javob berish bo‘yicha qo‘shma tezkor va jangovar tayyorgarlikni takomillashtirishga hissa qo‘shishga yanada tayyor ekanligini ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari bu yil harbiy-siyosiy ittifoq o‘zining 30 yilligini nishonlaganini ta’kidladi. Vaziyatdan kelib chiqib, birgalikda hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalar kun tartibiga kiritilgan. Shu munosabat bilan u to‘g‘ri xulosalar chiqarilishi va tashkilot samaradorligini oshirish bo‘yicha nafaqat saqlab qolish, balki birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish mumkinligiga umid bildirdi”, deyiladi xabarda Qirg‘iziston Prezidenti Matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Japarov, shuningdek, Qirg‘iziston tomoni tashkilot salohiyatini mintaqaviy xavfsizlikning samarali mexanizmi sifatida mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini va kollektiv xavfsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha kelgusida birgalikdagi harakatlarga tayyorligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda Kollektiv xavfsiizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, tashkilot Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi.
LiveBarchasi