Afg‘onistondagi portlashda “Tolibon” a’zosi halok bo‘lgani aytilmoqda 

Olam

image

Afg‘oniston sharqidagi Nangarxor viloyati markazi Jalolobod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy “Pajhwok” agentligi xabar berdi.  

Ta’kidlanishicha, ma’muriy bino yaqinidagi gavjum ko‘chalardan birida portlovchi qurilma ishga tushgan. Portlash Nangarxor gubernatori idorasi yaqinida sodir bo‘lgan. O‘lganlar va yaradorlar orasida mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati jangarilari bor. 

Bu so‘nggi yillarda viloyatdagi birinchi bunday hodisa emas. Nangarxordagi portlashlar va qurolli hujumlar oqibatida shu hafta kamida o‘n kishi halok bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, ayni paytda “Tolibon” vakillari ISHID bo‘lagi bo‘lgan jinoyatchilarni qo‘lga olish uchun mintaqada operativ choralar ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston portlash

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing