Afg‘onistondagi mehmonxonada portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Afg‘onistonning janubi-sharqidagi Xost viloyatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Keltirilishicha, hodisa bugun, 14 avgust kuni Xost viloyatidagi “Qari Zadran” mehmonxonasida bo‘lgan. Portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan. Mehmonxona binosining tom qismi qulab tushgan.

Qurbonlar orasida pokistonlik qochqinlar yoki viloyat aholisi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Hozircha portlash ortida kim turgani aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 mart kuni Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida portlash bo‘lgan edi. Buning oqibatida ikki kishi, jumladan, Balx gubernatori Muhammad Dovud halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing