Afg‘onistondagi keskinlikka qaramay, afg‘on-o‘zbek savdo aloqalari tiklanishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi oqibatida vaziyat keskinlashganiga qaramay, Toshkentning Qobul bilan savdo-iqtisodiy aloqalari tez orada tiklanishi kerak. O‘zbekiston janubidagi eng yirik logistika terminali, Termiz yuk markazi direktori Nodirbek Jalilov TASS muxbiriga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

“Ishonchim komilki, yaqin haftalarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi nafaqat tiklanadi, balki ehtimol oshadi”, deydi Jalilov. Uning fikricha, Afg‘oniston rasmiylarning korrupsiyaga aralashgani ushbu mamlakat bilan savdo aloqalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

“Ashraf G‘ani mamlakatni boshqargan davrda barcha sohalar, ayniqsa, xalqaro transport sohasi korrupsiyalashdi. “Termiz-Hayraton” nazorat nuqtasida, eksportchilar va tranzit xodimlari barcha bojxona to‘lovlarini to‘lashgan, ammo ular Afg‘oniston hududidan o‘tganidan keyin ham ushbu summa uch-to‘rt barobar qilib, undirib olindi”, dedi Jalilov. 

Jalilovning so‘zlariga ko‘ra, ilgari “Termiz-Hayraton” ko‘prigidagi nazorat punkti orqali har yili 5 million tonnagacha turli tovarlar eksport qilingan. Ularning 70 foizga yaqini Afg‘oniston orqali Pokiston portlariga tranzit tarzida o‘tgan. O‘zbekiston Afg‘onistonga asosan yoqilg‘i-moylash materiallari yetkazib bergan bo‘lsa, Afg‘oniston O‘zbekiston orqali quruq mevalarini Yevropaga eksport qilgan.

Jalilovga ko‘ra, Afg‘oniston O‘zbekiston jiddiy savdo-iqtisodiy hamkor hisoblanadi. Ayni paytda O‘zbekiston hududida 180 dan ortiq qo‘shma o‘zbek-afg‘on korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berdi va mamlakatni tark etdi. Keyinroq u qon to‘klishini oldini olish uchun shunday qilganini aytdi.

Boshqaruvsiz qolgan Afg‘oniston harbiylari esa mamlakatdan qochishga harakat qilmoqda yoki toliblarga taslim bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston savdo

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing