Afg‘onistonda juma namozi vaqtidagi portlashda necha kishi o‘lgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 Oktabr 2021
6239Avvalroq, Afg‘onistonning Qandahor shahridagi Bibi-Fotima masjidida terakt sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Hodisada 7 kishi halok bo‘lgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni to‘rt kishi uyushtirgan. Ulardan uch nafari o‘zini-o‘zi portlatgan, biri esa masjid tashqarisidagi soqchilarga qarata o‘q uzgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Nashr manbasiga ko‘ra, voqea bugun, 15 oktyabr kuni juma namozi paytida sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 70 nafarga yetgan. Jarohatlanganlarning umumiy soni ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir hafta oldin 8 oktyabr kuni juma namozi vaqtida Afg‘onistonning Qunduz shahrida joylashgan shia masjidida ham portlash yuz bergandi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga olgan.
LiveBarchasi