Afg‘onistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Jamiyat
−
27 Yanvar 2020 10323 1 daqiqa
Afg‘onistonning “Ariana Afghan Airlines” aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “1TV” mahalliy telekanali xabar bermoqda.
G‘azni gubernatorligining vakili Arif Nurining aytishicha, hodisa G‘azni viloyatining Deh-Yak mintaqasida yuz bergan. Rasmiy Qobulning qayd etishicha, samolyot halokatga uchraganda “Tolibon” nazorati ostida bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, samolyotda 83 kishi bo‘lgan. Havo layneri Hirot shahridan Qobulga yo‘lga olgan.
Boshqa tafsilotlar aniqlanmoqda.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr