Afg‘onistonda yangi qarama-qarshilik: ISHID va “Tolibon” o‘rtasida otishma boshlandi
Olam
−
03 noyabr 2021
13385Bugun, 3 noyabr kuni Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyati markazi Jalolobodda kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Shabarxon og‘a masjididan uncha uzoq bo‘lmagan joyda mamlakat hokimiyatini qo‘lga kiritgan “Tolibon” a’zolaridan birining mashinasi portlab ketgan. Hozirda qurbonlar va jarohatlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ayni damda ISHIDning bo‘linmasi bo‘lgan “Xurosondagi “Islomiy davlat” guruhi jangarilari bilan “Tolibon” harakati o‘rtasida otishma davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 noyabr kuni Qobuldagi harbiy shifoxonada hamda shifoxona yonida portlash sodir bo‘lgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi esa jarohatlangan.
LiveBarchasi