Afg‘onistonda yana zilzila bo‘ldi
Olam
−
25 mart 2023
21087Bugun, 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:23 da (25.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 13:23 da) Afg‘onistonda yana bir zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari:
⁃ 36,68 gradus shimoliy kenglik;
⁃ 70,92 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,9.
Chuqurlik 177 km.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 531 km janubiy-sharqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Mazkur zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezilib, 5-6 ballni tashkil qilgan.
Shuningdek, 23 mart kuni soat 1:07 da O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, ushbu zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 217 km janubi-sharqda, Tojikistonda bo‘lgan. Toshkentda yer silkinishining ta’sir kuchi 5 ballga teng bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, kecha, 24 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda respublikada yana zilzila sodir bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirib, hozirgi vaqtda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini bildirgandi.
LiveBarchasi