Afg‘onistonda vertolyot quladi. 9 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
18 mart 2021
11125Afg‘oniston markaziy qismidagi Vardak viloyatida afg‘on maxsus kuchlari vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda "Tolo News" manbalariga asoslanib xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, to‘qqiz kishi voqea qurboniga aylangan.
Samolyot kecha, 17 mart kuni kechqurun Bexsud hududida qulab tushgan.
Keyinchalik Afg‘oniston Mudofaa vazirligi halokat natijasida 9 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqlagan.
Voqea tafsilotlari noma’lum bo‘lib qolmoqda, chunki avariya sabablari va voqea joyida mavjud vaziyat to‘g‘risida qarama-qarshi xabarlar mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyida Vashington va "Tolibon" o‘rtasida imzolangan tinchlik bitimiga qaramay, Afg‘onistondagi vaziyat keskinligicha qolmoqda.
Afg‘onistondagi Amerika harbiy kontingentining 20 yillik ishtirokini tugatishga qaratilgan ushbu hujjatga ko‘ra, AQSH shu yil 1 maygacha o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishi kerak.
LiveBarchasi