Afg‘onistonda vaziyat mintaqaga xavf tug‘dirmoqda – Kreml

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi afg‘on muammosi bo‘yicha xalqaro muloqot mexanizmlarini yaratish tarafdori. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev kecha, 26 may kuni Dushanbedagi ko‘p tomonlama maslahatlashuvlarda ma’lum qildi. 

Yig‘ilishda Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Xavfsizlik kengashlarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari va kotiblari ishtirok etgan. 

“Afg‘on omilining mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy ta’siri davom etayotganini hisobga olib, bugungi uchrashuvimizni o‘z vaqtida o‘tkazyapmiz deb hisoblayman”, deydi Patrushev. 

U bunday ko‘p tomonlama maslahatlashuvlar amaliyoti kelgusida ham davom etishiga umid bildirgan. 

“Shu bilan birga, mamlakatlarimizning yetakchi roli bilan yaratilgan va faoliyat yuritayotgan afg‘on muammosi bo‘yicha xalqaro muloqot mexanizmlarining butun spektri bo‘yicha ishlarni faollashtirish zarur. Ular orasida muhim o‘rinni Moskva formati egallaydi, uning ishi davom etadi”, deydi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi.  

Yig‘ilishda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning Xitoyda bo‘lib o‘tgan vazirlar uchrashuvi ham katta ahamiyatga ega bo‘lgani ta’kidlangan. Patrushev, shuningdek, O‘zbekistonning iyul oyida Toshkentda SHHT shafeligida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusini qayd etdi. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi KXSHT va MDH shafeligida o‘tkaziladigan tadbirlarning ajralmas mavzuidir. 

“Men aytib o‘tgan barcha muloqot formatlari afg‘on yo‘lida umumiy pozitsiyalarni ishlab chiqish uchun bir-birini uzviy ravishda to‘ldirishi kerak”, deya xulosa qildi Rossiya delegatsiyasi rahbari. 

Patrushev 26 may kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi bilan bog‘liq muammolarning butun majmuasini batafsil muhokama qilishni va “Afg‘oniston hududidan kelayotgan xavf va tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar”ni ko‘rib chiqishni kutmoqda.  

“Ishonchim komilki, bugungi uchrashuvimiz davlatlarimiz o‘rtasidagi afg‘on yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydi, shuningdek, Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga tez hissa qo‘shadi”, deydi Xavfsizlik kengashi kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing