Afg‘onistonda vabo tarqala boshladi. Qurbonlar bor

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘onistonning ikki viloyatida bir sutkada 40 kishi vabo kasalligidan vafot etdi. Bu haqda “Khaama Press” agentligi xabar berdi.

Halokatli kasallik epidemiyasi mamlakat janubida joylashgan Hilmend va Zobul viloyatlarida qayd etildi. 10 iyul kuni bu yerda 120 dan ortiq odam vabo bilan kasallangan. Xavfli kasallik qurbonlari orasida 15 nafar bolalar ham bor.

Qayd etilishicha, kasallanganlarning aksariyati Bag‘ron, Sivari va Daichopan tumanlari aholisidir. Har ikki viloyatga ko‘chma tibbiy brigadalar jo‘natilgan.

Ayrim fuqarolar sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmagan holda davolanayotganligi sababli vabo o‘lim bilan yakunlangan.

“Tolibon” tomonidan tuzilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi ham Qandahor viloyatida bir nechta infeksiya holatlari aniqlangani haqida xabar bergan.

Vabo – bu Vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan o‘tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.

Osiyo va Afrikaning sharoit yaxshi bo‘lmagan mamlakatlarida vabo epidemiyasi muntazam ravishda qayd etiladi. Bu, birinchi navbatda, aholining katta qismi uchun to‘g‘ri tozalangan ichimlik suvidan doimiy foydalanish imkoniyati yo‘qligi bilan bog‘liq.

Avvalroq, Xitoyning Uxan shahridagi universitetda ham vabo aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2636

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing