Afg‘onistonda “Tolibon” vertolyoti halokatga uchradi
Olam
−
15 may 2024 5881 1 daqiqa
Afg‘onistonning markaziy qismidagi G‘or viloyatida “Tolibon” harakatining harbiy vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Hasht-e Subh” xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, favqulodda holat Chag‘charon shahri yaqinidagi Gerirud daryosida sodir bo‘lgan. O‘z navbatida, “TOLOnews” telekanali halokat oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi.
Halokatga uchragan vertolyot Mi-17 bo‘lib, u aholi punkti ichidan oqayotgan daryodan odamlar va jasadlarni olib chiqish bo‘yicha qutqaruv operatsiyasi vaqtida Firoz Koah shahriga qulagan.
“Bugun ertalab Firoz Koah shahridagi daryodan jasadlarni olib chiqish uchun qutqaruv operatsiyasida qatnashgan Harbiy havo kuchlarining Mi-17 vertolyoti texnik nosozliklar tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi”, deydi G‘or viloyati hukumati matbuot kotibi Abdul Vohid Xamas.
Uning qayd etishicha, vertolyot halokatida bir kishi halok bo‘lgan. Yana 12 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Xamas hodisaning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28