Afg‘onistonda toliblar va noma’lum guruh o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi – OAV

Olam

image

Afg‘oniston shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Hirot shahrida “Tolibon” harakati va qurolli guruhlar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Sky News Arabia” bugun, 24 oktyabr kuni ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Hirotda “Tolibon” harakati va qurolli guruhlar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar qayd etilgan. Biroq, toliblar bilan to‘qnashuvda qaysi qurolli tuzilmalar ishtirok etayotgani haqida ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, mamlakatda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” tomonidan Hirotdagi vaziyat haqida hozircha hech qanday izoh berilmagan.

“Tolibon” Afg‘oniston hokimiyatini egalladi

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.

Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing