Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sezildi
Olam
−
19 iyul 2023 10958 1 daqiqa
Bugun, 19 iyul kuni Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 19 iyul kuni soat 12:26 (Grinvich bo‘yicha soat 07:46) da Afg‘onistonda zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 512 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Uning koordinatalari 36,69 gradus, shimoliy kenglik 69,88 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Shuningdek, zilzila magnitudasi 5,4 ballga, chuqurligi 227 kilometrga teng. Yer qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 512 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 3 ball, 239 kilometr;
- Samarqand viloyatida 2-3 ball, 416 kilometr;
- Jizzax viloyatida 2-3 ball, 421 kilometr;
- Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 432 kilometr;
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 433 kilometr;
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 442 kilometr;
- Andijon viloyatida 2 ball, 503 kilometr;
- Namangan viloyatida 2 ball, 504 kilometr;
- Toshkent shahrida 2 ball, 511 kilometr.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 iyul kuni Farg‘ona viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Zilzila epimarkazi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida joylashgan. Uning koordinatalari 40,32 gradus, shimoliy kenglik 71,93 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Live
Barchasi