Afg‘onistonda portlash: ikki kishi halok bo‘ldi
Olam
−
16 Sentabr 2020
4103Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Taxar viloyatida portlash yuz berdi. Terakt natijasida ikki tinch aholi vakili halok bo‘ldi va yana 13 kishi jarohat oldi.
Taxar politsiya bo‘limi vakili Halil Esirning aytishicha, terrorchilar Kalafgan tumanidagi bozor yaqinida minalashtirilgan mototsiklni portlatishgan.
Portlash natijasida 20 ta do‘kon yaroqsiz holga keldi.
Hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
LiveBarchasi