Afg‘onistonda Pokiston hujumida 9 bola halok bo‘ldi – “Tolibon”

Olam

image

Afg‘onistonning Xo‘st viloyatida Pokiston qo‘shinlari mahalliy fuqaro uyini bombalagani oqibatida kamida to‘qqiz bola va bir ayol halok bo‘lgan. Bu haqda bugun, 25 noyabr kuni Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati matbuot kotibi Zabixulloh Mujohid ma’lum qildi.

Mujohidning aytishicha, Pokiston qo‘shinlari Kunar va Paktika viloyatlarida ham reydlar o‘tkazgan va to‘rt nafar fuqaroni yaralagan.

“Kecha soat 12 da Xo‘st viloyatining Gerbezu tumanida Pokiston bosqinchi kuchlari mahalliy fuqaro Viloyatxonning uyini bombalab, 9 nafar bolani (5 o‘g‘il, 4 qiz) va bir ayolni halok qildi, uy esa butunlay vayron bo‘ldi”, dedi Mujohid X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

Reydlar Pokistonning Peshavor shahrida ikki suiqasd hujumida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganidan bir kun o‘tib amalga oshirildi.

Pokiston va Afg‘oniston qo‘shinlari oktyabr oyida to‘qnashgan va bu 2021 yil “Tolibon” hokimiyatga qaytganidan buyon eng og‘ir vaziyat bo‘lib, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan.

Ikki tomon oktyabr oyida Doha shahrida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolagan, biroq Turkiyadagi tinchlik muzokaralari Pokistonga qarshi guruhlar masalasida kelishmovchilik tufayli uzoq muddatli kelishuvsiz tugagan.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston Pokiston Xo'st

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing