Afg‘onistonda ochlik 20 yillik urushdan ko‘ra ko‘proq odamni qurbon qilishi mumkin

Olam

image

Afg‘onistonda davom etayotgan ocharchilik mamlakatda so‘nggi 20 yilda davom etgan urushdan ko‘ra ko‘proq odamni qurbon qilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro inqiroz guruhi nohukumat tashkiloti xabar berdi. 

Agar xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlamasa, bu mamlakatda qashshoqlik va ochlikdan o‘layotganlar soni sezilarli darajada oshadi, deyiladi xabarda. 

Afg‘onistonda so‘nggi oylarda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz natijasida qo‘shimcha 1 million kishi oziq-ovqat ta’minotidan mahrum bo‘ldi va sovuq havo yaqinlashar ekan, gumanitar inqiroz halokatli miqyosda bo‘ladi. 

“Mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz sababi Afg‘onistonga xorijiy yordamning to‘xtatilishidir”, deyiladi hisobotda. 

Shu munosabat bilan XIG jahon hamjamiyatini “Tolibon” harakati bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. 

“Aks holda ocharchilik, migratsiya, terrorchilik tahdidlari, narkotik moddalar savdosining xavfli oqibatlari bilan murosaga kelishga to‘g‘ri keladi”, deya ogohlantirdi tashkilot. 

Afg‘onistonda hokimiyat “Tolibon” tomonidan qo‘lga kiritilgach, bu davlatga xalqaro yordam ko‘rsatish to‘xtatildi. 

Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va AQSH Federal zaxira tizimi ham Afg‘onistonning xalqaro fondlarga kirishini to‘xtatgan. 

AQSH ma’muriyati Afg‘oniston hukumatining Amerika banklaridagi zaxiralarini muzlatib qo‘ydi. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 22,8 millionga yaqin odam, ya’ni aholining yarmidan ko‘pi qish oylarida qattiq oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing