Afg‘onistonda mahkumlar va qarzdorlarga pasport berish taqiqlandi
Olam
−
25 avgust 1685 1 daqiqa
Afg‘onistonda pasport ololmaydigan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda “Khaama Press” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, pasport boshqarmasi yangi qoidalarni joriy qilgan. Unga ko‘ra, mahkumlarga, vasiylarsiz bolalarga, shuningdek, to‘lanmagan qarzlari yoki boshqa majburiyatlari mavjud shaxslarga xorijga chiqish va pasport olish taqiqlanadi.
“Biometrik tizimlar va ma’lumotlar bazalari orqali xorijga chiqishi taqiqlangan shaxslar sifatida belgilanganlarga pasport berish avtomatik tarzda rad etiladi”, deyiladi xabarda.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ilgari barcha fuqarolar pasport olish huquqiga ega bo‘lgan, cheklovlar esa faqat ayrim jinoyat ishlari doirasida qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda shaxsni tasdiqlovchi milliy hujjat “tazkira” deb nomlanadi va undan aholining aksariyati foydalanadi. Pasport esa chet elga chiqish uchun talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Ezgulikni targ‘ib qilish va buzuqlikning oldini olish vazirligi mamlakatda shaxmat o‘yinini taqiqlagan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr