Afg‘onistonda kuchli sovuqdan 20 ga yaqin odam halok bo‘lgani aytildi
Olam
−
06 mart
4620Afg‘onistonning yetti viloyatida kuchli qor va sovuq oqibatida 30 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Panjshir, Sarpol, Balx, Faryob, Qandahor, Tohar va Samanganda 30 ming 858 bosh qoramol o‘lgan. Balx viloyatining o‘zida bir necha kun ichida 11 418 bosh qoramol sovuqqa chiday olmay nobud bo‘lgan. Rasmiylar transport yo‘llarini qordan tozalash, viloyatning chekka hududlarida qolgan aholiga chorva yemi va oziq-ovqat yetkazib berish harakatlarini boshlagan.
Shuningdek, “Tolibon”ning tabiiy ofatlarga qarshi kurash vazirligi o‘tgan 12 kun ichida mamlakatda kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuq tufayli kamida 20 kishi halok bo‘lgani va yana 14 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi