Afg‘onistonda ko‘chki oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Olam
−
19 fevral
5113Afg‘oniston sharqidagi Nuriston viloyatida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Etilaatroz" gazetasi ma’lum qildi.
Voqea 19 fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Vayronalar ostida hali ham odamlar bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Falokatga uzoq vaqt davomida yog‘gan qor sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 25 ga yaqin uy yashashga yaroqsiz holatga kelib qolgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 yanvar kuni kechqurun Toshkentga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyot Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida halokatga uchragan edi.
LiveBarchasi