Afg‘onistonda koronavirus sabab birinchi o‘lim holati tasdiqlandi

Olam

image

Kecha, 22 mart kuni kechqurun Afg‘oniston Islom Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Balxda bir kishi koronavirus sabab vafot etganini tasdiqladi. Bu haqda Tolo News agentligi xabar berdi.

Balx viloyatining sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xalilulloh Hikmatiyning aytishicha, bemor uch kun oldin vafot etgan, lekin, uning koronavirus tekshiruvi natijasi kecha, 22 mart kuni chiqqan.

Xabarda aytilishicha, yana bir odam koronavirus bilan kasallangan deb gumon qilinib, Hirotdagi viloyat shifoxonasiga qabul qilingan.  Ammo, shifoxonaga kelishidan bir soat o‘tgach u odam ham vafot etgan. Hali uning test natijalari chiqmadi. Agar test natijalari ijobiy chiqsa, bu Afg‘onistondagi koronavirus sababli tasdiqlangan ikkinchi o‘lim holati bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirgacha Afg‘onistonda 40 nafar odamda koronavirus kasalligi qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 340 066 nafarga yetdi. Bu kasallik tufayli 14 704 kishi vafot etdi. Bemorlardan 10 559  nafari yoki 5 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallik yuqtirganlarning 99 016 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Koronavirus

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing