Afg‘onistonda koronavirus bo‘yicha rekord qayd etildi

Olam

image

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi bir sutka davomida mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 866 holatini qayd etdi. Bu rasmiy Qobul uchun koronavirus bo‘yicha kunlik rekord hisoblanadi.

Shunday qilib, Afg‘onistonda ushbu kasallikning qayd etilgan holatlarining umumiy soni 14 525 taga yetdi. Kun davomida uch nafar bemor vafot etdi. Koronavirusdan vafot etganlarning soni 249 taga yetdi. Shu vaqtgacha mamlakatda 1 303 nafar bemor sog‘aygan.

Poytaxt Qobul epidemiologik jihatdan eng xavfli hudud hisoblanadi. Shaharda jami 5775 ta odamda kasallik aniqlangan. Hirot viloyatida ham og‘ir vaziyat yuzaga kelmoqda. U yerda 2 461 ta holat qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, koronavirus mamlakatga fevral va mart oylarida minglab afg‘on muhojirlari tibbiy tekshiruvisiz yoki karantinisiz Erondan qaytib kelgandan keyin Afg‘onistonga tarqalib ketgan. Xabaringiz bor Eron koronavirusning Xitoy va Italiyadan keyin uchinchi o‘chog‘i bo‘lgan edi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus bilan kurashish uchun "Tolibon"ning harbiy harakatlari yo‘l qo‘ymayotganini aytib o‘tgan. Shu bilan bir qatorda, "Tolibon" ham o‘z jangarilariga ushbu kasallikdan ehtiyot bo‘lishni tayinlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Afg'onistonda

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing