Afg‘onistonda COVID-19 ga bir kunda rekord darajada odam chalindi
Olam
−
30 aprel 2020
20574Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 2 mingdan oshdi. Bugun, 30 aprel kuni pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda eng ko‘p bemor aniqlandi – kuniga 232 nafar. Bu haqda mamlakat sog‘qlini saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Afg‘oniston SSV vakili Vohidulla Mayyaraning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 2171 kishini tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish holati ko‘proq poytaxt Qobulda qayd etilgan – 573. Mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 64 kishi vafot etgan.
Mayyara bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalarini “salbiy xabarlarni tarqatishni to‘xtatishga” va mamlakatning shifokorlarini ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan «ijobiy va motivatsion» xabarlarni nashr etishga harakat qilishga chaqirdi.