Afg‘onistonda koronavirus qurbonlari soni oshayotgani aytildi
Olam
−
16 iyun 2020
5501Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 26 mingdan oshdi. 500 ga yaqin bemor esa infeksiyadan zararlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Tolo News” telekanali xabar bermoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungacha Afg‘onistonda 26 310 kishi koronavirus bilan kasallangan, 491 nafar bemor COVID-19 dan vafot etgan.
So‘nggi 24 soat ichida shifokorlar 793 ta yangi holatni va 13 ta o‘limni qayd etishdi.
Ta’kidlanishicha, butun vaqt davomida 5,5 mingdan ortiq odam sog‘ayib ketgan.
“Mamlakatda koronavirusdan o‘lim holatlari o‘tgan oyga nisbatan sezilarli oshgan. Vafot etganlarning aksariyati keksa yoshdagi va turmush tarzi og‘ir aholi orasida ko‘p qayd etilmoqda”, deyiladi Afg‘oniston SSV ma’lumotida.