Afg‘onistonda qulagan samolyotni tolibonlar urib tushirgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
27 yanvar 2020
9871Afg‘onistonda qulagan samolyotni tolibonlar urib tushirgani ma’lum bo‘ldi
Avvalroq, Afg‘onistonda ichida 83 kishi bo‘lgan samolyot qulagani va u AQSHga tegishli bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot AQSH harbiy-havo kuchlariga taalluqli ekanligi ayon bo‘ldi. Bundan tashqari, “Tolibon” harakati javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Tolibonlarning ma’lum qilishicha, havo kemasida amerikalik harbiy xizmachilar, jumladan, yuqori lavozimli ofitserlar ham bo‘lgan. Ularning barchasi, shuningdek, ekipaj a’zolari ham halokat qurboni bo‘lgan.
Samolyot qulagan hudud tolibonlar tomonidan nazorat qilinishi sababli NATO qo‘shinlari u yoqqa bora olmasligi ma’lum qilingan.
LiveBarchasi