Afg‘onistonda ikki vertolyot to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Afg‘oniston janubida ikki harbiy vertolyot halokatga uchradi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

Vertolyotlarning halokatiga texnik nosozliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda.   

"Afg‘oniston Milliy armiyasining Mi-17 vertolyoti texnik nosozliklar sababli Helmand viloyatining Nava tumanida uchish paytida kechasi soat 01:15 atrofida quladi. Afsuski, vertolyot bortida bo‘lgan to‘qqiz kishi halok bo‘ldi", deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi voqea bo‘yicha tekshiruvni boshlagan. 

Afg‘oniston ommaviy axborot vositalarining mahalliy viloyat hokimiyatiga tayanib xabar berishicha, Afg‘oniston Havo kuchlariga qarashli vertolyotlar Helmand viloyatining Nava okrugida bir-biri bilan osmonda to‘qnashgan va yerga qulagan. Viloyat ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra, armiyaning ikki vertolyoti to‘qnashuvi natijasida 15 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan. Biroq, bu raqamlar Mudofaa vazirligi ma’lumotlarini rad etmoqda.

Xabarda aytilishicha, vertolyotlardan biri milliy armiyaning yarador askarlarini jangovar zonadan olib chiqib ketayotgan bo‘lsa, ikkinchi vertolyot yerdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun hujum bo‘linmasini yetkazib berayotgan edi. 

Helmanddagi vaziyat joriy yilning 10 oktyabridan boshlayu keskinlashdi. Toliblarning qurolli guruhlari kamida uchta okrugda va viloyatning ma’muriy markazi Lashkargoh shahrida hukumat kuchlari pozitsiyalariga katta hujumlar uyushtirdi. Ushbu to‘qnashuvlarga AQSH qo‘shinlari ham aralashgani aytilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Helmand viloyati

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing