Afg‘onistonda dafn marosimiga kelgan 7 kishi nobud bo‘ldi

Olam

image

Afg‘oniston sharqida Nangarxar viloyati tumanlaridan birida politsiya bo‘limi boshlig‘ining dafn marosimi halokatli yakun topdi. Marosimda sodir bo‘lgan portlashda 7 kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohat oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Xeva hududidagi politsiya bo‘limiga qo‘mondonlik qilgan Hoji Shayx Ikromning dafn marosimi paytida sodir bo‘lgan. U yurak xurujidan vafot etgan edi.

Viloyat gubernatorining vakili portlash mahalliy vaqt bilan 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 11:30) sodir bo‘lganligini aytdi.

Ayni paytda hech bir guruh portlashni sodir etganlikni o‘z zimmasiga olmagan. Voqea yuzasidan politsiya surishtiruvi boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

958

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing