Afg‘onistonda bortida vazir va hokim bo‘lgan vertolyot qulab tushdi (video)

Olam

image

Kecha, 10 sentyabr kuni Afg‘onistonning G‘or viloyatida “Tolibon” muvaqqat hukumatining konchilik va neft vaziri Hidoyatulloh Badriy hamda viloyat hokimi Hayotulloh Muborak bo‘lgan vertolyot qulab tushdi. Bu haqda “Pajhwok” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Tulak tumanining Nalbondon hududida yuz bergan. Halokat oqibatida yo‘lovchilar zarar ko‘rmagan. Hokim matbuot kotibi buni texnik nosozlik bilan izohlasa, Mudofaa vazirligi esa vertolyot tog‘ bilan to‘qnashganini bildirgan.

“Bugun tushdan keyin bir qator rasmiylarni olib ketayotgan havo kuchlariga tegishli vertolyot Gor viloyatidan Tulak tumaniga parvoz qilgan edi. Vertolyot ko‘tarilish vaqtida ba’zi texnik muammolar sabab tog‘ bilan to‘qnashib, qulab tushgan”, deb yozgan mudofaa vazirligi matbuot kotibi Inoyatulloh Xorazmiy X’da.

Ma’lum bo‘lishicha, amaldorlar tumandagi qo‘rg‘oshin konini ko‘zdan kechirish uchun yo‘l olgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 19 may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyoti halokatga uchragandi. Vertolyotning yonib ketgan qoldiqlari 20 may kuni ertalab Ozarbayjon chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan Eronning Tavil qishlog‘i yonidan topilgan. Prezident bilan birga vertolyot bortida amaldorlar delegatsiyasi, shu jumladan, Eron TIV rahbari Husayn Amir Abdullohiyon ham bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘ldi.

Bort halokatining asosiy versiyasi sifatida ob-havo sharoiti ko‘rib chiqildi, samolyot kuchli tuman paytida ko‘zdan yo‘qolgan, uning parchalari 10 soatdan ortiq vaqtdan so‘ng 70 dan ortiq qutqaruv otryadlari tomonidan qidirib topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Hidoyatulloh Badriy Hayotulloh Muborak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing