Afg‘onistonda ayollar ta’lim siyosatiga qarshi namoyish o‘tkazdi
Olam
−
30 noyabr 2021
4803Bir guruh afg‘on ayollari Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi maktab oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda “Aamaj News” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilganlar Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” harakatining qizlarning ta’lim olishiga oid qarorlarini qoralagan. Namoyishchilar, shuningdek toliblarni “afg‘on matbuotida ayollar bo‘lishini cheklash”ga intilayotganlikda ayblagan.
“Biz jim tura olmaymiz”, degan aksiya ishtirokchilaridan biri.
Joriy yil yoz oxirida Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati ta’lim jarayonini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygan edi. 19 sentyabr kuni erkak o‘qituvchilar yana o‘g‘il bolalarga dars berishni boshladi. Toliblar qizlarni maktablarga keyinroq, sinflarga bo‘lish va o‘qituvchilarni taqsimlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari tugagach, o‘qishga qabul qilishga va’da berdi.
Toliblar OAV uchun ham yangi qoidalarni belgilab, ayol teleboshlovchilardan hijob kiyishni talab qilmoqda. Harakat, shuningdek “aktrisalar ishtirok etgan dramatik filmlar va dasturlarni namoyish etishdan tiyilish” zarurligini ta’kidlab, afg‘on jamiyatida “noto‘g‘ri axloqiy me’yorlar”ni targ‘ib qiluvchi mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan filmlar namoyish etilishiga qarshi chiqdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15