Afg‘onistonda Ayollar inqilobi boshlandi

Olam

image

Joriy yilning 25 fevral kuni Qobulda bir guruh afg‘on ayollari tomonidan Afg‘onistonda xotin-qizlarning asosiy huquqlari uchun kurashishga qaratilgan Ayollar inqilobi boshlangani e’lon qilindi. Bu haqda “Khaama Press” axborot agentligi xabar berdi.

Tashkilotchilardan biri Doni Safiy so‘zlariga ko‘ra, harakat fuqarolar, ayniqsa, ayollarga nisbatan bo‘layotgan adolatsizliklarga qarshi kurashishga qaratilgan.

Safiyning aytishicha, harakat tarafdorlari orasida talabalar, o‘qituvchilar va ayollar huquqlari uchun kurashayotgan bir necha sobiq davlat xizmatchilari bor.

“Jamiyat faqat ayollarning hissasi bilan rivojlanishi mumkin. Xotin-qizlar mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynashiga qaramay, ayollarning hozirgi Tolibon hukumatida ishtirok etishiga ruxsat berilmayapti”, deydi Safiy.

2021 yilda “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qaytarib olganidan beri afg‘on qizlari va ayollari maktab, ish hamda jamoat joylariga kirish huquqidan mahrum bo‘ldi. 

Bundan tashqari, o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab afg‘on ayollarining gumanitar tashkilotda ishlashiga taqiq qo‘yilgani mamlakatdagi gumanitar dasturlarga yanada putur yetkazdi.

Biroq Afg‘oniston Muvaqqat hukumat – “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid bu da’volarni rad etib, Afg‘onistonda ayollar va qizlarning huquqlari himoya qilinishini va xalqaro hamjamiyat ayollar mavzusida hozirgi ma’muriyatga bosim o‘tkazishdan tiyilishi kerakligini aytgan.

“Ular buni siyosiy vositaga aylantirib, bosim vositasi sifatida ishlatmasliklari kerak”, deydi Mujohid.

Afg‘onistondagi talaba qizlar bir necha bor “Tolibon”ni qizlar uchun maktablarni imkon qadar tezroq ochishga chaqirgan. 

“Biz hozirgi hukumatdan maktablar, madrasalar va qizlar uchun barcha o‘quv markazlarini qayta ochishni so‘raymiz”, deydi talaba Nargis Niyoziy.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Ayollar inqilobi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing