Afg‘onistonda “Al-Qoida”ning rahbarlaridan biri yo‘q qilindi

Olam

image

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) ning eng ko‘p qidirilayotgan terrorchilari ro‘yxatiga kiruvchi “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti rahbarlaridan biri Abu Muhsin al-Masriyni yo‘q qildi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy xavfsizlik ma’muriyatiga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, al-Masriy Qo‘shma Shtatlarda xorijiy terroristik tashkilotga moddiy yordam berganlikda va Amerika fuqarolarini o‘ldirish uchun fitna uyushtirganlikda ayblangan. Jangari Afg‘oniston sharqidagi G‘azni viloyatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida yo‘q qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbidagi G‘o‘r viloyatida joylashgan Firuzko‘h shahrida politsiya bo‘linmasi yaqinida portlash yuz berdi. Natijada kamida 12 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston “Al-Qoida”

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing