Afg‘onistonda 5 balli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
02 may 2023 7024 1 daqiqa
Bugun, 2 may kuni Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan soat 15:31 da (Grinvich bo‘yicha soat 10:31 da) Afg‘onistonda zilzila qayd etilgan. Zilzila koordinatalari 36,97 gradus shimoliy kenglik va 71,14 gradus sharqiy uzunlikka ega bo‘lgan.
Ushbu yer silkinishi 5 magnitudali bo‘lib, uning o‘chog‘i 250 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 506 km janubiy-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida sezilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr