Afg‘oniston yana terrorizm tarqalish markaziga aylanmoqda – BMT 

Olam

image

Afg‘oniston yana terrorizm tarqalish markaziga aylanmoqda. Bu haqda bugun, 21 iyun kuni BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Vladimir Voronkov Rossiya va Xitoy doimiy vakolatxonalari tomonidan tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasini amalga oshirishga bag‘ishlangan anjumanda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Tadbirning o‘tkazilishi, ayniqsa, “Tolibon”ga qarshi sanksiyalarni tahliliy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish bo‘yicha guruhning 14-ma’ruzasida keltirilgan xulosalar kontekstida o‘z vaqtida o‘tkazilmoqda. Hujjat juda chuqur va mazmunli. Bu Afg‘onistonning asta-sekinlik bilan yana deyarli terrorizm tarqalishining asosiy epimarkaziga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Barcha va’dalar, baland ovozda berilgan bayonotlar, faktlar aksini ko‘rsatmoqda”, degan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari.

Shuningdek, Voronkov Afg‘onistondagi hukumat terrorchilik tahdidini jilovlashga de-fakto qodir emasligi yoki buni xohlamasligini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Afg‘onistondagi barcha loyihalarini qisqartirishga va chet ellik xodimlarni Afg‘onistondan olib chiqishga tayyor ekanini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing