Afg‘oniston O‘zbekistondan qancha qarz? So‘z Mirziyoyevning maxsus vakiliga

Jamiyat

image

Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun 10 million dollardan ortiq qarzdor. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.  

“Qo‘shni davlat sifatida biz afg‘on xalqidan yuz o‘girmasligimiz kerak. Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun 10 million dollardan ortiq qarzdor. Shunga qaramay, biz afg‘on aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashda davom etamiz, chunki biz odamlarning ovqat pishirishi va isinishi uchun kerak bo‘lgan elektr energiyasisiz qoldira olmaymiz”, deydi Irgashev.

U, shuningdek, Yevropa Afg‘onistondagi haqiqiy vaziyatdan to‘liq xabardor emasligini, ultimatumlar va sanksiyalar vaziyatni faqat og‘irlashtirishini ta’kidlagan.

“Tinch aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun Afg‘onistonning valyuta zaxiralari blokdan chiqarilishi kerak. Yevropa Afg‘onistondagi vaziyatdan unchalik xabardor emas. Shu bois, ko‘pchilik Qobulda yangi hukumat bilan muzokara qilishning hojati yo‘q, deb hisoblaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ultimatumlar va sanksiyalar faqat salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa Afg‘onistondan tahdidlarning kuchayishiga yordam beradi, terrorizm va radikal g‘oyalarga ta’sir qiladi”, deydi Mirziyoyevning maxsus vakili.  

Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat Afg‘onistonning O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha qarzlarini to‘liq to‘lash majburiyatini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

964

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing