Afg‘oniston shimolida bolalar terakt qurboniga aylandi
Olam
−
13 fevral 2021
6502Afg‘onistonning shimolidagi Qunduz viloyatida bomba portlashi oqibatida ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
Afg‘oniston Milliy armiyasining 217-Pomir korpusi qo‘mondonligiga ko‘ra, terrorchilar Imom Sohib tumani Koturbuloq qishlog‘i yaqinida yo‘l chetiga portlovchi moslama o‘rnatgan. Ushbu hudud yaqinida bolalar maydonchasi bo‘lgan.
Hozircha biron bir guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Mahalliy hokimiyat portlash ortida “Tolibon” harakati turibdi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida “Tolibon” vakillari Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilayotgan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralardan chiqdi.
Shundan so‘ng, Afg‘onistondagi teraktlar haqida xabarlar ko‘payib qoldi. Xususan, 11 fevral kuni Kobul va Jalolobod shahrini bog‘laydigan magistral yo‘lda BMT delegatsiyasiga qurolli hujum uyushtirildi. Bundan tashqari, 13 fevral kuni tongda Qandaxor provinsiyasidagi portlash oqibatida 12 politsiyachi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi