Afg‘oniston sharqida 20 nafar xavfsizlik kuchlari o‘ldirildi
Olam
−
17 Sentabr 2020
5896Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida sodir bo‘lgan bir qator qurolli hujumlar va terroristik harakatlar natijasida 20 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan va yana 15 nafari jarohat olgan. Bu haqda jurnalistlarga Nangarhor gubernatori ma’muriyatining matbuot kotibi Ataulloh Xogyani ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Tolibon” jangarilari Hisarek, Shirzod va Xogani tumanlaridagi harbiy nazorat punktlari va politsiya uchastkalariga hujum qilgan.
Otishma natijasida 29 jangari yo‘q qilingan, yana 20 nafari yaralangan.
LiveBarchasi