Afg‘oniston Prezidenti saroyiga uyushtirilgan raketa hujumi tashkilotchisi hibsga olindi

Olam

image

Avvalroq, joriy yilning 20 iyul kuni Qurbon hayiti namozi o‘qilayotganda Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi mamlakat Prezidenti saroyiga bir nechta raketalar otilgani haqida xabar bergan edik. Snaryadlar Prezident saroyi yonida portlagan.

So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, Qurbon hayiti kunidagi raketa hujumi tashkilotchisi yana uch kishi bilan Qobulda qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligini rasmiy vakili Mirivays Stankezay ma’lum qildi.

Gumonlanuvchilar afg‘on maxsus kuchlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiyada hibsga olingan. Hujumning bosh tashkilotchisining ismi Momen va u Qobulning Pagman tumanidagi qator hujumlarda ham qatnashgan.

“Hibsga olinganlarning barchasi “Tolibon” harakati a’zosi hisoblanadi”, degan u. Tolibon esa hozircha vaziyatga izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, raketa hujumi natijasida hech kim jabrlanmagan. Ammo hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing