Afg‘oniston qo‘shni davlatlar uchun tahdid solmaydi – Mujohid
Olam
−
10:00 1107 2 daqiqa
Afg‘oniston qo‘shni mamlakatlarga tahdid solmaydi va mintaqada yangrayotgan bayonotlar asosan asossiz. Bu haqda hozirgi Afg‘oniston hukumatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.
U shu tariqa ilgariroq tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun qurol va texnika yetkazib berishni kelishib olish haqida gapirgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Bosh kotibi Taalatbek Masadikovning so‘zlariga javob qaytargan.
Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat chegaralarini to‘liq nazorat qilmoqda va uning butun hududida yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlamoqda.
“Biz doimo eshitib kelayotgan bu xavotirlar, bizningcha, asosan asossizdir. Ehtimol, Afg‘onistonga dushmanona munosabatda bo‘lgan ba’zi mamlakatlarning razvedka tuzilmalari Afg‘oniston va uning qo‘shnilari o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarish maqsadida ushbu tashkilotni yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan ta’minlayotgandir”, dedi u KXSHTni (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) nazarda tutib.
Qobul vakili manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar o‘z xavotirlarini bevosita Afg‘oniston rasmiylari bilan baham ko‘rishlari mumkinligini qo‘shimcha qilgan va Afg‘oniston hukumati, agar real tahdid yuzaga kelsa, unga jiddiy munosabatda bo‘lishini ta’kidlagan.
KXSHT Bosh kotibi TASSga bergan intervyusida Tojikistonga chegarani mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va texnika ro‘yxati allaqachon kelishib olinganini va dastlabki yetkazib berishlar joriy yilning kuzida kutilayotganini ma’lum qilgan.
“Davlatlar Tojikistonga yetkazib beriladigan halokatli va halokatli bo‘lmagan vositalar ro‘yxatini kelishib oldilar. O‘ylaymanki, shu yilning kuzidayoq dastlabki yetkazib berishlar boshlanadi”, dedi Masadikov.
U chegarada xavfsizlikni ta’minlashni nafaqat Tojikiston, balki tashkilotning barcha a’zolari uchun ham “jo‘da muhim masala” deb atagan.
Live
Barchasi