Afg‘oniston elektr energiyasi uchun O‘zbekistondan qancha qarzdor? 

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati Tojikiston va O‘zbekistondan elektr energiyasi uchun 100 million dollar qarzdor. Bu haqda “Tolibon”ning Suv va energetika vazirligi rasmiy vakili Ahmad Muhammad Nusrat ma’lum qildi.  

Unga ko‘ra, Afg‘oniston energetika kompaniyasi DABS tomonidan qarzlarni to‘lashda O‘zbekiston va Tojikiston banklaridagi mablag‘ o‘tkazish bilan bog‘liq ayrim muammolar to‘sqinlik qilmoqda. Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston tomonining tayyorligi va niyatiga qaramay, hozircha to‘lovni amalga oshirishning imkoni yo‘q. 

DABS vakili Amanulla G‘olib kreditor mamlakatlar banklari bilan bog‘liq muammolar Ukraina mojarosi munosabati bilan yuzaga kelganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlaridan elektr energiyasini xarid qilish uchun yiliga 300 million dollarga yaqin mablag‘ sarflaydi, shundan 108 million dollari O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 aprel kuni Afg‘onistonning kamida 11 ta viloyati mahalliy elektr uzatish liniyalaridan birida noma’lum shaxslar tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida elektr ta’minotisiz qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

338

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing