Afg‘oniston Bosh prokuraturasi yonida kuchli portlash bo‘ldi
Olam
−
26 fevral 2020 6484 1 daqiqa
26 fevral kuni Qobulda joylashgan Afg‘oniston Bosh prokurori ofisi oldida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqida “Ariana News” telekanali xabar bermoqda.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Dorul-Omon ko‘chasida ro‘y bergan. Portlash uskunasi, katta ehtimolga ko‘ra, mototsiklda o‘rnatilgan bo‘lgan.
Mahalliy politsiya ushbu hududda portlash bo‘lganini tasdiqladi va hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi. Hozircha portlash qurbonlari yoki jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura binosidagi portlash AQSH vakillari va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasidagi muzokaralarda kelishilgan yetti kunlik “zo‘ravonlikni kamaytirish” rejimining beshinchi kuni sodir bo‘lgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28