Afg‘oniston Baydenning g‘alabasiga munosabat bildirdi

Olam

image

Bugun, 8 noyabr kuni Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani Demokratik partiyadan prezidentlikka va vitse-prezidentlikka nomzodlar Jozef Bayden va Kamala Xarrisni saylovlarda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi va ikki mamlakat o‘rtasida terrorizm tahdidiga qarshi kurashish va respublikada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga umid bildirdi.

"Saylangan Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarrisni tabriklayman. Afg‘oniston bizning asosiy sherikimiz bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ko‘p darajali strategik aloqalarimizni davom ettirish va mustahkamlashga intilmoqda, jumladan, terrorizmga qarshi kurash va Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash borasida",  deb yozdi u o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq, AQSH ommaviy axborot vositalari Demokratik partiyadan nomzod Jo Baydenni AQSHning yangi prezidenti deb e’lon qilgani, ovozlarni hisoblash davom etayotgani, shu munosabat bilan xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenni g‘alaba bilan tabriklashni boshlab yuborishgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

697

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing