Aeroportda sog‘lig‘i yomonlashgan ayolning o‘limi yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlandi
3-sahifa
−
08 Oktabr
9577Avvalroq, Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan 38 yosh atrofidagi ayol bojxona tekshiruvida ushlanib qolgani va oqibatda sog‘lig‘i yomonlashib, shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgani xabar qilingandi. Marhumaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan 1986 yilda tug‘ilgan ayol Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelib, sog‘ligi yomonlashganligi sababli, Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan. Tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik o‘lim holati qayd etilgan”, deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.
Bildirilishicha, hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:34 da Toshkent xalqaro aeroporti tibbiyot punktiga yo‘lovchining uchib kelish zalida o‘zini yomon his qilayotgani haqida xabar kelib tushgani, tez yordam mashinasi soat 18:32 da yo‘lovchini Toshkent aeroportining uchib kelish zalidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi