Aeroportda evakuatsiya. O‘zbekistonlik ayol “bomba” bilan kirgani aytilmoqda
Olam
−
28 Sentabr 2021
65918Rossiyaning Perm shahrida xalqaro aeroport foydalanuvchilari favqulodda evakuatsiya qilindi. Aeroport xavfsizlik xizmati o‘zbekistonlik ayol portlovchi modda bilan aeroportga kirganini gumon qilgan. Bu haqda Telegram’dagi “Baza” kanalida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, aeroport xodimlari noma’lum yo‘lovchining yonida portlovchi moddasi bor deya, gumon qilishgan. Xavfsizlik xizmati ayolning g‘alati xatti-harakatidan shubhalangan. Yo‘lovchi Moskvaga uchadigan reysga o‘tirib, O‘zbekistonga kelishi kerak bo‘lgan, biroq uzoq vaqt kutish zalida o‘tirgan va parvozini o‘tkazib yuborgan.
Ma’lum qilinishicha, ayolning shubhali xatti-harakatlari uni gaz analizatorida tekshirishga qaror qilinishiga olib kelgan. Qurilma ayolning yonida portlovchi modda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Xavfsizlik xizmati bu haqda politsiyaga xabar bergan. Politsiya esa “Vulkan” rejasini ishga tushirib, aeroportdagilarni evakuatsiya qilgan.
Bu vaqtda ayolga eri qo‘ng‘iroq qilib, u bilan bog‘lana olmagan. Er qarindoshlaridan biri rafiqasini ko‘rgani va u uchib ketmaganidan xabar topgan. Erkak o‘sha zahoti aeroportga yetib kelgan. U muloqot davomida rafiqasi ruhiy kasal ekanini ma’lum qilgan. Shu bois, unga xotini bilan ko‘rishish uchun ruxsat berilmagan. Buning o‘rniga, ayolning oldiga kinolog olib kelingan, it ham uning portlovchi moddasi borligini tasdiqlagan.
Natijada ayol uch soat davomida tintuv qilingan, lekin hech narsa topilmagan. Bu orada ayolning ahvoli yomonlashgan va tashqi stimullarga javob berishni to‘xtatgan. Shundan so‘ng, eri tez yordam chaqirishga majbur bo‘lgan va mashina ayolni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib ketgan.
Hozirda yo‘lovchining eri aeroport xodimlarining harakatlaridan g‘azablangan. U ayolini aeroportga yaxshi holatda olib kelganini aytmoqda.
LiveBarchasi