Ayol 25 kunlik chaqalog‘ini yo‘qotdi. Bunda shifokorlar aybdormi?
Jamiyat
−
03 dekabr 2019
6885O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va vazirlik jamoasi farzandini yo‘qotgan hamda ijtimoy tarmoqda vazirga murojaat qilgan Yelena Sarevskayaga ta’ziya izhor etdi.
“Bunday fojiali hodisa zudlik bilan xizmat tekshiruvini talab qilganligi sababli, vazirning buyrug‘i bilan 2 dekabrda ishchi guruh tashkil etilib, fuqaro Yelena Sarevskaya tomonidan qayd etilgan tibbiy muassasada rasmiy tekshiruv boshlandi.
Ushbu tekshiruv vazirning shaxsiy nazorati ostida amalga oshiriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi aybdorlarni aniqlash va qat’iy jazoga tortilishini ta’minlaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi