“Adolatli”, “Mehnatkash” va “Xalqparvar” deputatlar aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Qonunchilik palatasi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiya tavsiyasiga muvofiq, davlat rahbari tashabbuslari asosida qonun hujjatlarini takomillashtirishda, joylarda saylovchilar bilan ishlashda, Qonunchilik palatasi faoliyatini OAVda yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh deputatlarga maxsus maqomlar berildi.

Shuhrat Tog‘aymuratovich Polvonov — “Adolatli deputat”;

Maqsuda Azizovna Varisova — “Mehnatkash deputat”;

Rasul Xidraliyevich Kusherbayev — “Xalqparvar deputat”;

Polyante Gramitonovich Sveshnikov — “Faxriy deputat”.

Mazkur maqomlarga sazovor bo‘lgan deputatlar hamda sobiq deputatlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


Maqola muallifi

Teglar

deputat

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing