ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

Biznes

image

2025 yil 11 oktyabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani – O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologiyaviy va samarali modeli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblangan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbir Zo‘rTV telekanalining Renaissance Hall zalida bo‘lib o‘tdi va avtomobilsozlik sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar hamda brend muxlislarini jamladi. Taqdimot texnologiya, yorqinlik, musiqa va his-tuyg‘ularni birlashtirgan haqiqiy shouga aylandi.

Mehmonlarni fotosurat maydonlari, ko‘zguli yo‘laklar va interaktiv installyatsiyalardan iborat neonli muhit kutib oldi. Kechaga DJ-setlar, akrobatik sahnalar va Reginight jamoasining raqqoslarining chiqishlari hamrohlik qildi hamda yorug‘lik shousi ostida yangi Chery Arrizo 8 Hybrid modelining yorqin ochilishi bilan yakunlandi. Mashhur xalqaro “Morandi” guruhi tadbirning xedlayneri bo‘lib, uning chiqishi kechaning yorqin yakuni bo‘ldi va ushbu tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

ADM Global bosh direktori Doniyor Давlетияровning ta’kidlashicha:

"ADM Global zavodida birinchi Chery gibrid avtomobilining ishlab chiqarilishi korxonamiz rivojlanishida muhim bosqich sifatida namoyon bo‘ldi. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini jiddiy modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish natijasidir.

Biz O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining ekologiya, innovatsiya va sifatga yo‘naltirilgan global transformatsiyasining bir qismiga aylanayotganidan faxrlanamiz. Biz uchun kelajak – bu yangi texnologiyalar, yangi bozorlar va yangi imkoniyatlar.

Biz uchun asosiy ustuvor vazifa – kadrlarni rivojlantirish. Bizga 2000 dan ortiq muhandislar zarur bo‘ladi va istiqboldagi mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘z R&D markazimizni yaratishga faol investitsiyalarni kiritmoqdamiz.

Biz uchun keyingi bosqich – CKD PHEV/IYOD (ichki yonuv dvigateli)ni ishga tushirish: an’anaviy va gibrid texnologiyalarni mujassamlashtirgan platformalarni birlashtirishdir".

 

O‘z navbatida, ADM Global kompaniyalar guruhi ta’sischilaridan biri Murod-Mirzo Sharipov so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bugungi kunda investitsiyalar va yuqori texnologiyali loyihalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, jadal rivojlanmoqda.

"Ishonchimiz komilki, Arrizo 8 Hybrid’ni ishga tushirish kabi tashabbuslar nafaqat Chery va ADM Global’ning mavqeini mustahkamlaydi, balki texnologiyalar va barqarorlik yonma-yon bo‘lgan istiqbolni shakllantirib, mamlakatning butun avtomobil sanoati rivojiga hissa qo‘shadi", dedi Murod-Mirzo Sharipov.
"Arrizo 8 Hybrid taqdimoti O‘zbekistonda Chery uchun yangi davrning boshlanishidir. Bu ADM Jizzax zavodida ishlab chiqarilgan brendning birinchi gibrid avtomobili bo‘lib, yanada ekologik toza va intellektual texnologiyalarga o‘tish timsoli bo‘ladi",  dedi Chery Uzbekistan direktori Per-Eli Dolua. 

"Biz O‘zbekiston –  yosh, dinamik, innovatsiyalarga ochiq jamiyatga ega mamlakat jadal rivojlanayotganini ko‘rib turibmiz. Va biz bu taraqqiyotga bo‘lgan intilishni birgalikda baham ko‘ramiz. Chery Arrizo 8 Hybrid — bizning kelajak haqidagi tasavvurimiz: mahalliy bozor uchun maxsus yaratilgan qudrat, samaradorlik va raqamli yechimlar uyg‘unligini o‘z ichiga olgan. Bu nafaqat kompaniyamiz, balki butun mamlakat avtomobilsozlik sanoati uchun oldinga tashlangan qadamdir".

Quvvat va intellekt bir kuzovda mujassam

Yangi Chery Arrizo 8 Hybrid brend falsafasining timsoliga aylandi – uslub, intellekt va ekologik texnologiyalarni birlashtiradi. Ushbu old g‘ildirakli avtomobil eng yuqori quvvati 347 ot kuchiga ega 1,5 litrli zamonaviy turbinali kuch agregati (PHEV) hamda 1DHT maxsus gibridli transmissiya bilan jihozlangan. Mazkur avtomobil 100 km/soat tezlikka 7,3 soniyada yetadi va elektr tortish kuchi hisobidan 125 km yoki atigi 3,9 l/100 km yoqilg‘i sarfi bilan O‘zbekistonning haqiqiy yo‘l sharoitida 1463 km gacha harakatlana oladi.

Bejirim dizaynga 18 dyuymli yengil qotishmali diskalar, LED-optika va panoramali tom qismi qo‘shilgan bo‘lib, interer zamonaviylik va qulaylikni mujassam etgan: raqamli qurilmalar paneli va 12,3 dyuymli multimedia-displey, 12 dona dinamikka ega SONY audio tizimi, jumladan, “sabvufer”, o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, ikki hududli iqlim-nazorati va AQS havo tozalash tizimi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, multimedia tizimi O‘zbekiston bozoriga to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida mavjud.

Zamonaviy xavfsizlik va qulaylik

Arrizo 8 Hybrid’da xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan. Sedan o‘nta xavfsizlik yostiqchasi, jumladan haydovchi va oldingi yo‘lovchi uchun tizza yostiqchasi bilan jihozlangan — bu o‘z toifasidagi eng yuqori darajadagi himoya hisoblanadi.

Gibrid tizim batareyasi IP68 yuqori zichlik toifasiga ega bo‘lib, changalik va namlikka chidamli, hamda suvga to‘liq botishga bardosh bera oladi. To‘qnashuv sodir bo‘lganda, yuqori kuchlanishli elektr ta’minoti atigi 2 millisekundda uziladi va qisqa tutashuv xavfini bartaraf etadi.

Energiya yutuvchi qatlamlarga ega mustahkam po‘lat korpus va har besh daqiqada 800 dan ortiq tekshiruvni amalga oshiradigan intellektual o‘z-o‘zini diagnostika tizimi tengsiz himoya darajasini yaratadi.

Moslashuvchan kruiz-nazorat, yo‘l qismidan chiqmay ushlab turish, 360° atrofni ko‘rish va avtomat tormozlash tizimlari har bir safarni, hatto shiddatli shahar harakatida ham, maksimal darajada qulay va xavfsiz qiladi.

Komplektatsiya va narxlar

Arrizo 8 Hybrid ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan:

  • Lyuks – 344 900 000 so‘m;
  • Premium – 364 900 000 so‘m.

Har ikki versiya ham Chery flagman modellariga xos texnologiya, bejirim dizayn va yuqori darajadagi jihozlanishni mujassam etgan.

Arrizo 8 Hybrid taqdimoti mamlakatdagi avtomobil yilining eng yorqin voqealaridan biriga aylandi va Chery’ning mijozlarga jahon darajasidagi zamonaviy va texnologiyaviy yechimlarni taklif etish orqali O‘zbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlashga intilishini namoyon qildi.

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global  kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz  saytida tanishish mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website  | Instagram  | Telegram  | Telegram-bot  | Facebook  | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Chery ADM Global Chery Arrizo 8 Hybrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing