Adliya vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
Jamiyat
−
11 fevral 2021 5378 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidentining “Qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, tashkiliy, ijro va nazorat faoliyatining yagona tizimi joriy etiladi.
Qonunlar, Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibi tasdiqlandi.
Adliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
• qonun hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;
• davlat organlari va tashkilotlarining qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyatini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish;
• qonun hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash;
• davlat organlari va tashkilotlariga qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy ko‘maklashish.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025