Adliya vazirligida o‘zgarishlar davom etyapti. Yana bir boshqarma boshlig‘i o‘zgardi
Jamiyat
−
20 iyun 2019
4777Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan Avazbek Abdulla o‘g‘li Madaminov Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Avazbek Madaminov shu kunga qadar vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Adliya vazirligining Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi va Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasida rahbarlar o‘zgargandi.
LiveBarchasi