Adashgan yigit qismati yoxud tikanzordan gul izlayotganlar
Tahlil
−
18 fevral 2019
11100Vijdon yarasi odatda, inson tanasiga ozor yetkazmaydi, hatto og‘rig‘iniyam sezmaysiz. Ammo jismingizni ich-ichidan kemirib, umringizni adoi-tamom qilishi, hayotingizni izdan chiqarib, arosat va falokatga duchor etishi, yot va halokatli manzil-makonlarga eltishi turgan gap. Inson jismiga tushib, umrini xazon etgan bunday yara, balki o‘zgalarga yuqmas, tanasini afgor etmas, biroq vijdonga tushgan yaraning bitishi amri mahol.
U o‘z-o‘zidan gazak olib, bosh¬qalar qalbini ham jarohatlaydi, ong-shuurini zaharlaydi, tafakkuriga chang soladi, to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradi. Basharti ol¬di olinmasa, tag-tomiri bilan yulib tashlanmasa, hatto ja¬miyat¬ ildizlariga ham zarar yetkazishi mumkin.
Bu qabih "dard" shu asnoda ha¬zo¬rasp¬lik G‘ulomjon Jumaboyevning anchayin zaif va g‘arib ong-tafakkurini ham jo‘ngina egalladi. Vijdon kemtikligi, ilm va e’tiqod tanqisligi bois, u bu asoratli "dard"ga osongina yo‘¬liqdi. Oqibatda ongi zaharlandi, yot va zararli g‘oyalar domiga tushdi. Illatni o‘zi-ga ilakishtirgani yetmagandek, uni o‘zgalarga ham yuqdirishni ko‘zladi.
Bariga 2016 yilning iyul oyida boshlangan va to 2018 yilning oktyabr oyigacha davom etgan xorij safari sabab bo‘ldi. U o‘zga yurtga aslida pul ishlash niyatida borgandi. Biroq iymon-e’tiqodi sustligi pand berdi. Oila (u 33 yoshda, oilali, 1 nafar farzandning otasi) tashvishi, halol mehnat qilish, ro‘zg‘or tebratish ilinji bir chetda qolib, o‘zini yot diniy aqi¬dalar og‘ushiga tashladi.
Sof islomiy g‘oyalar bilan sug‘orilgan diniy ta’limning hech kimga ziyon-zahmati yo‘q. Chin musulmonlik ilmi odamlarni ha¬lol¬lik, poklik, vatanparvarlik, fidoiy mehnat, sadoqat, iymon-e’tiqod, in¬sof-diyonat yo‘llariga boshlaydi. Afsuski, G‘. Jumaboyev bu to‘g‘ri yo‘lni topolmadi.
Yaqinlariga ro‘z¬g‘or tashvishida xorijga ketayotganligini bildirgan bo‘lsa-da, halol mehnatni — ikkinchi, diniy aqi¬da¬pa¬rastlikka rujo‘ qo‘yishni esa, oldingi o‘ringa surdi.
Qani endi, u sof islomiy ta’¬limotga amal qil¬sa, chin insonparvarlik ta-moyillaridan ta’lim olsa? Yo‘q, u bu yo‘lni ixtiyor etmadi. Hamin¬qadar ong-tafakkuri bunga mone’lik qildi. Ekstre¬mis¬tik va aqidaparast g‘oya¬ning qaltis, boshi berk ko‘¬chalariga kirdi.
Cho‘ntagidagi uyali telefoni yor¬da¬mida jahon internet tarmog‘ining an’anaviy islom negizlariga putur yetkazuvchi buz¬g‘un¬chi aqi¬dalar, tinchliksevarlikka xilof qa¬rashlarni o‘zida aks ettirgan turli zararli sa¬¬hi¬fala¬rini izlash, topish va yig‘ilgan safsatalarni tarqatishga kirishdi. Shu asnoda "Salafiylik"ning insoniylikka xilof amallari boshida turgan Ibn Taymiya, Ibn Qayyim, Ibn Boz singari vakillarining da’vat va ma’ruzalari uning tor va zaif ongidan, pirovardida esa, qo‘lidagi jajji, am¬mo internet vositasida butun jahonga jar solish imkonini beruvchi uyali telefoni xotirasidan joy ol¬di. Musulmon olamida ixtiloflarni targ‘ib etuvchi yot, buz¬g‘unchi chaqi¬riq¬lar, da’vat, ma’ruza va sharhlar ana shu tariqa Yo. Masharipov, A. Masharipov, K. Masharipov singari yaqinlari e’tiboriga havola etildi. Diniy buzg‘unchilik va parokandalikka qaratilgan nojo‘ya faoliyat ana shu yo‘sinda boshlandi va tezda ko‘ng¬li diniy aqi¬da¬larga moyil turmush o‘rtog‘i (G‘. Jumaboyev u bilan 2016 yil turmush qurgan) B. Iskandarovani ham o‘ziga rom etdi. U turmush o‘rtog‘ining nomo‘’tadil yo‘nalishdagi diniy qarashlariga xay¬rixoh bo‘lsa-da, fuqarolar ongini zaharlashga qa¬ratilgan targ‘ibot-tashviqot faoliyatiga aralashishdan o‘zini tiydi. Bi¬roq unga tog‘a bo‘l¬mish A. va Yo. Masharipovlar G‘. Jumaboyev yoy¬gan to‘rga osongina ilinishdi. G‘. Jumaboyev qo‘lidagi uyali telefoni va jonli muloqotlar orqali ular ongini yuqorida zikr etilgan "Salafiylik" terrorchilik oqi¬mi ham¬da uning g‘oyaviy rahnamolari va’z va da’vatlari bi-lan "boyita" bordi. Turmush o‘rtog‘ining tog‘alari ham anoyilardan emas: diniy ilm bobida o‘zlarini xon, o‘zgalarni esa, ko‘lanka sanashadi. Bu holat Jumaboyevlar oilasida dunyoga kelgan jajji qiz farzand M. Ju¬maboyeva hech kutilmaganda, yana deng, chet elda og‘ir xas¬talikka chalingan paytda yaq¬qol namoyon bo‘ldi. Ular qizchaning otasiga shifo uchun duo o‘qib, marhum zotlarni shafe keltirib, madad so‘¬rashni taklif etishdi. Yaxshiyamki, taklif sukut bilan rad etildi. Shu payt¬ga qadar yax¬shi-yu yomon, egri-yu to‘g‘rini farq-lash salohiyatidan mosuvo qolib kelayotgan G‘. Jumaboyev, bu gal hush¬yorlikni qo‘ldan bermadi. Ammo o‘rgangan ko‘ngil o‘r¬tansa qo‘ymas, deganidek, o‘zgalar qalbini yot va zararli diniy aqi¬dalar bilan zaharlashga qaratilgan fao-liyatini izchil davom ettirdi. Bu jarayonda internet tarmog‘ining diniy ekstremizm va aqi¬dapa¬rastlikni targ‘ib etuvchi, odamlar orasiga nifoq, turmushiga esa, og‘u, tahdid soluvchi, ixtilofga yetaklovchi buzg‘unchi sayt va sahifalaridan yig‘ib olingan turli g‘ayriinsoniy qarashlarga oid audioyozuvlar, videoroliklar, da’vat va ma’ruzalarni tarqatishda da¬vom etdi. Diniy buz¬g‘unchilik, bos¬qinchilik, qo¬til¬liklarni yoqlov¬chi bun¬¬¬day aqidalar G‘. Jumaboyev va unga maslakdosh shaxs¬lar o‘r¬tasidagi yuz¬ma-yuz hamda telefon orqali uyushtirilgan muloqotlarda asosiy mavzuga aylandi. Xayriyatki, G‘. Ju¬ma¬boyev¬ning da’vati ta’siriga tushganlarning biri masalaning asl mohiyati va og‘ir oqibatini anglab yetdi chog‘i, bu g‘ayriqonuniy faoliyat ortida buzg‘unchilikning sovuq turqi, vajohati zohirligini biroz kech bo‘lsa-da, ko‘ra oldi va o‘z maslakdoshining qilmishlarini fosh etishga kirishdi.
...G‘. Jumaboyevni o‘zi ixlos qo‘ygan diniy oqimga oid bilimlarning bilag‘oni, boringki, oddiy savodxoni sifatida ham e’tirof etolmaymiz. Ne¬¬¬gaki, bu kimsa diniy ilm bobida hatto bosh¬lan¬g‘ich ma’lumotga ham ega emas. Biron joyda o‘qib, diniy ta’limdan sa¬boq olmagan. Islomning chinakam amallari va unga doir bilimlar naryoqda tursin, hatto o‘zi e’tiqod qilgan buz¬g‘un¬chi salafiylik oqimi xususida ham deyarli hech narsa bilmaydi. Bor bilgani — internet olamining mantiqqa, odamlar xohish-irodasiga zid bo‘sh g‘oyalari, xolos va buni mash’um qilmishi el¬ga oshkor bo‘lgani, ishi sud va tergovga tushganidan so‘ng uning o‘zi ham tan oldi. "Internetni odamlarni hayotning nuqul to‘g‘¬ri va ravon yo‘lariga chorlovchi chinakam ziyo manbai, deb o‘y¬labman, endi bilsam, u nafaqat ezgulik, balki yovuzlik, jaholat va qabohatning ham uyasi ekan", dedi u.
Bunday qabih xatti-harakatlar qonun talabiga ko‘ra, oqibatsiz qolmasligi, munosib bahosini olishi kerak va amalda ham shunday bo‘ldi. Binobarin, eldan qolar gap yo‘q. G‘. Jumaboyevning kishilar orasida sarosima uyg‘otish, zo‘ravonlik va qotillikni targ‘ib etish, uni qo‘l¬lab-quvvatlash, shu asnoda tafakkurini egallashga qa¬ra¬til¬gan qabih qilmishi ko‘p¬chi¬lik¬ning ko‘z o‘ngida muhokamaga qo‘yildi. Sud majlislari sayyor holda bevosita keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Sudda Jinoyat kodeksining jamoat xavf¬sizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash va tarqatishga oid 244-1-moddasi 3-qis¬mi "g" bandi ayb¬la¬nuvchiga nisbatan tergov organi tomonidan to‘g‘¬ri tadbiq etilganligi e’tirof qi-lindi. Ay¬ni paytda bu qilmish bilan bog‘liq bir qator ho¬latlarga aniqlik kiritildi. Bunda sud sudlanuvchi jinoiy faoliyatga diniy bilimi sayozligi oqibatida qo‘l urganini, yot va g‘aliz qarashlardan o‘zi¬ni asray olmaganini, shu bois o‘zgalar izmiga tushib qolganini, aslida xorijga pul topish ilinjida borib, mahalliy bozorda yuk tashuvchi va oddiy quruvchi bo‘¬¬lib ishlaganini e’tiborga oldi.
Adashganni to‘g‘ri yo‘lga solmoq, yiqilganni suyamoq — mamlakatimiz adolatli qonunlarining o‘zi¬ga xos ibratli xususiya¬ti. Sud ana shu taomilga amal qi¬lar ekan, ayblanuvchiga nisbatan muruvvat ko‘r¬¬satdi, sudda muhokama jarayonida guvoh sifatida qatnashgan va G‘. Jumaboyevning xulq-atvorini nazorat qilish hamda jinoiy ko‘chalarga qayta bosh suqmasligi uchun kafolat ber¬gan Hazorasp tuman, Sanoat qishlog‘i, "Otaliq" mahallasi (sudla¬nuvchi¬ ushbu manzilda istiqomat qiladi) fuqarolar yig‘ini raisi B. Otaboyevning fikr-mulohazalarini inobatga olish va shularga asosan mazkur kodeksning yengilroq jazo ta¬yin¬lashga doir 57-moddasini qo‘llashni lozim topdi. Sudlanuvchining aybiga iqrorligi, pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani, jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflangani, dunyoqarashi va ijtimoiy turmushga bo‘lgan munosabati ijobiy tomon o‘zgarayotganini ham nazarda tutdi va uni ja¬miyatdan, oi¬lasidan ajratmagan holda tarbiyalash mumkin, degan xulosaga keldi. Shunga muvofiq tayinlangan jazo ham birmuncha yengil bo‘ldi.
G‘. Jumaboyev endi to‘rt yil mobaynida ozodlikni cheklash jazosini o‘taydigan bo‘ldi.
Shu o‘rinda qonun baribir muruvvat tarafida ekani va endilikda sayyor holda, bevosita jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilayotgan sud majlislari ushbu taomilni keng va muntazam qo‘llash omiliga aylanganini alohida ta’kidlash lozim. Jinoyat ish¬lari bo‘yicha viloyat, shahar va tuman sudlari 2018 yil mobaynida jami sud ishlarining 43,7 foizdan ziyodini sayyor tartibda ko‘rib chiqdi. Bu jarayonda Yosh¬lar ittifoqi, "Mahalla" jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasining mahalliy organlari kafolati asosida jami 134 ta jinoyat ishi bo‘yicha 176 nafar fuqaro sud zalidan ozodlikka chiqarildi.
Xalqimiz hamisha ezgulikni umrning bezagi sifatida e’¬zozlab kelgan.
Mamlakatimizda Konstitutsiyamiz talabiga ko‘ra, vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlanadi va hurmat qi¬linadi.
Hayotda mo‘’tabar di¬¬¬nimiz ichiga suqilib kirgan va mo‘¬min-musulmonlar hayotini zaharlashga olib keluvchi zararli aqidalarni savodsizlarcha tashviq qi¬luvchilar ham uchraydi. O‘zining ji¬noyatko¬rona qilmishi bois qo¬nun va vijdoni oldida javob berib, qil¬mish¬ning muqa¬rrar qi¬dirmishiga ro‘para kelgan G‘. Jumaboyev ham ana shu kabi chalamullalar sirasidan. Hushyor va ogoh kishilar bu kabilarning haqiqiy basharasini bir qa¬rashdayoq ko‘rishadi. Aksincha ho¬latlar ham mavjud. Hayotda yaxshi-yu yomon, oqu-qora, egriyu to‘g‘rini farq¬lamaydigan kishilar ham yo‘q emas. Zikr etilgan holat bu sohada yurtdoshlarimizga yaxshigina saboq bo‘lmog‘i darkor. Har qalay, yangilangan, hurlikka yuzlangan diyorimiz va zamonamizda yaxshilar hamisha oshini yesa, jaholat va zalolat domiga tushib, jinoiy qilmishlarga qo‘l urganlar, o‘zi va o‘zgalarni xavf-xatarli, qaltis ham¬da bo¬shi berk ko‘chalarga bosh¬laganlar jirkanch qilmishining jabrini totishadi. Ogohlik va hushyorlik, chin e’tiqodga asoslangan haqi¬qiy bilimda esa, ko‘p hikmat bor. Ushbu salohiyatni jismiga jamlaganlar to‘g‘ri yo‘lidan zinhor adashmaydilar, ularni e’tiqodidan chalg‘itishga ham hech kim qodir emas. Turmushning bu ne’¬ma¬tini har bir yurtdoshimiz qalbi, ong-shuuriga jo etmog‘i nihoyatda muhimdir.
Bobir UMAROV,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Xorazm viloyati sudining raisi
LiveBarchasi