“Abu Saxiy”dagi avtoturargohda mashina yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Toshkentning “Abu saxiy” buyum bozoridagi ko‘p qavatli avtoturargohda avtomobilda yong‘in yuz berdi. Chilonzor tumani hokimligi hodisa haqida ma’lumot berdi.

Chilonzor tumani IIO FMB va tuman FVB mutasaddilarining ma’lumot berishicha, 27 oktyabr kuni soat taxminan 6:52 larda “Toshkent savdo markazi” (xalq tilida “Abu saxiy”) hududida joylashgan ko‘p qavatli avtoturargohning 5-qavatida Orlando rusumli avtoulovning dvigatel qismida texnik nosozlik sababli qisqa tutashuv bo‘lgan. Natijada, avtoulov kapot ostidagi elektr simlarida yong‘in kelib chiqqan.

Mazkur holat “Toshkent savdo markazi” Yong‘in xavfsizligini ta’minlash xodimlari tomonidan soat 7:10 larda to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida hech kimga zarar yetmagan, shuningdek, bino va atrofdagi boshqa avto ulovlarga ham zarar yetkazilmaganligi ma’lum buldi. Biroq tarmoqda tarqalgan surtalarda Orlando’ning yonidagi Spark’ga ham biroz ziyon yetganini ko‘rish mumkin.

Chilonzor tumani FVB mas’ullarining ma’lumotiga ko‘ra, bu yong‘in haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushmagan. Hozirda tuman FVB tomonidan avtoturargohda yong‘in sabablari va yong‘in xavfsizligi holatlari tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing